Mbappe golni nima uchun Dide Desham bilan birga nishonlaganini tushuntirdi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh-2026ning 1/16 finalidan o'rin olgan Shvetsiyaga qarshi o'yinda (3:0) Dide Deshamni qo'llab-quvvatlab qilgan harakatiga izoh berdi.
Ushbu uchrashuvning 45-daqiqasida hisobni ochgan Mbappe golni nishonlash uchun yaqindagina onasi vafot etgan jamoa bosh murabbiyi tomon yugurdi va uni quchoqlab oldi.
«Bu jamoamizning DNKsi hisoblanadi. Bu ishda biz birgamiz. Murabbiy og'ir damlarni boshdan kechirdi, afsuski, bunday kunlarga hamma duch keladi. Bu juda og'ir.
Biz bilan birga ekan, u hech qachon yolg'iz qolib ketmaydi. Biz uni doimo qo'llab-quvvatlaymiz», — dedi Mbappe.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar