Mbappe Gerd Myullerning natijasini takrorladi

Ellik yildan ortiq vaqt davomida hech kim Jahon chempionatida 10 ta gol ura olmagan edi.
Bu natijaga oxirgi bo'lib Gerd Myuller erishgan. Nemis futbolchisi 1970 yilgi Jahon chempionatida 6 ta o'yinda 10 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.
Bugun esa uning bu natijasini Kilian Mbappe takrorladi. U JCh-2026 doirasida Angliyaga qarshi kechgan o'yinda dubl qayd etdi. Bu uning joriy turnirdagi 8-o'yini edi.
Bir chempionat davomida bundan ko'proq gol urish faqat ikki kishiga nasib etgan: Jyust Fonten 1958 yilda 13 ta va Shandor Kochish 1954 yilda 11 ta gol muallifi bo'lishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar