Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Jahon chempionati–2026 1/16 finalida Shvetsiya ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Mazkur uchrashuvda hujumchi dubl muallifi bo'ldi.

«Men nima uchun o'ynayotganimni, qaerdaligimni va zimmamda qanday mas'uliyat borligini yaxshi tushunaman. Jamoa ham bu erdagi vazifalarini aniq biladi. Endi yangi bosqich boshlanmoqda. Bugun ishonchli o'ynadik, garchi o'yin boshlanishi qiyin kechgan bo'lsa ham. Keyinroq o'z o'yinimizni topdik va gol bilan yakunlanishi mumkin bo'lgan ko'plab vaziyatlar yaratdik. Mening vazifam — kiyinish xonasidagi muhitni nazorat qilib turish», — dedi Mbappe.

Frantsiya terma jamoasi ushbu g'alaba orqali Jahon chempionati 1/8 finaliga yo'l oldi. Frantsuzlar keyingi bosqichda Paragvay terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Manba: Stadion.uz