«Real Madrid» klubi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoadagi hamyurtlari — «PSJ» forvardlari Usmon Dembele, Randal Kolo Muani va Bredli Barkola bilan tushgan suratni ijtimoiy tarmoqda e'lon qildi.

Suratda Mbappe oyog'i gips bilan divanda o'tirgan, uning atrofida esa do'stlari — Frantsiya termasi hujumchilari joylashgan.



Eslatib o'tamiz, Mbappe 10 oktyabr kuni 2026 yilgi jahon chempionati saralash bosqichida Ozarbayjonga qarshi (3:0) o'yinda oyog'idan jarohat olgan edi.

Kilian Frantsiya terma jamoasi safida barcha musobaqalarda 93 ta o'yin o'tkazgan, 53 ta gol va 39 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

Joriy mavsumda u «Real» uchun 10 ta uchrashuvda 14 ta gol va 2 ta assist qayd etgan.

Manba: championat.com