Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy jamoa safida o'tkazgan o'yinlari soni bo'yicha to'qqizinchi o'ringa ko'tarildi.

Bu JCh-2026 1/8 finalida Paragvayga qarshi uchrashuvda frantsuzlar sardori 90 daqiqa maydonda harakat qilganidan keyin amalga oshdi.

Mbappe Frantsiya terma jamoasi safidagi 103-o'yinini o'tkazdi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha bosh murabbiy Dide Deshamga etib oldi.

Frantsiya terma jamoasi tarixida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekord darvozabon Ugo Lorisga tegishli — 145 ta bahs. Undan keyin himoyachi Lilian Tyuram (142 ta), shuningdek hujumchilar Olive Jiru va Antuan Grizmann (har biri 137 tadan uchrashuv) joy olgan.

Jahon chempionatining chorak finalida Frantsiya terma jamoasi Marokash milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Manba: Stadion.uz