Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safidagi so'nggi oltita o'yinning barchasida gol urdi.

Forvard JCh-2026 saralashidan o'rin olgan Ukrainaga qarshi o'yinning (4:0) 55-daqiqasida penaltidan unumli foydalandi. Keyinroq o'yindan gol urdi.

10 oktyabr kuni Mbappe Ozarbayjonga, 9 sentyabrda Islandiyaga, 5 sentyabrda Ukrainaga, 8 iyunda Germaniyaga, 5 iyunda Ispaniyaga gol urgandi.

Frantsiya terma jamoasi safida ketma-ket olti o'yinda gol urishga muvaffaq bo'lgan so'nggi frantsuz futbolchisi Jan-Per Papen (1990 yil sentyabridan 1991 yil noyabrigacha) edi.