Frantsiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe milliy jamoa tarixida yangi rekord o'rnatdi. U 30 yoshga to'lmasdan turib «uchranglilar» safida 100 ta o'yin o'tkazgan ilk futbolchi bo'ldi. Bu haqda Stats Foot hisobotiga tayanib xabar qilindi.

27 yoshli hujumchi JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Iroqqa qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va 2 ta gol muallifi bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Frantsiya terma jamoasi futbolchisi 100 o'yinlik yubileyni qayd etgan futbolchilar ishtirok etgan o'yinlarda avvalgi 9 holatning barchasida g'alaba qozongan.

Manba: Stadion.uz