Mbappe Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi haqida: «U faoliyatini 64 yoshida yakunlashi mumkin»

Frantsiya terma jamoasi hujum chizig'i etakchisi Kilian Mbappe milliy jamoaning tayanch yarim himoyachisi N’Golo Kante haqida o'z fikrini bildirdi.
«Kante hamon bir nechta futbolchining o'rniga yugurishda davom etmoqda. U 64 yoshga to'lguniga qadar to'p surishi mumkin. N’Golo o'z ishini yuqori sifatda bajarishda davom etmoqda. Yillar o'tmoqda, ammo men bu futbolchining o'yinida qarish alomatlarini sezmayapman», — deya yulduzli hujumchining so'zlarini keltiradi Lequipe nashri.
Ma'lumot uchun, 35 yoshli yarim himoyachi «uchranglilar» safida 69 ta uchrashuv o'tkazgan. Kante ushbu o'yinlarda ikkita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan.