Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. Bu voqea JCh-2026 «I» guruhi 1-turidan o'rin olgan, frantsuzlar Senegal ustidan g'alaba qozongan (3:1) uchrashuvda yuz berdi.

Mbappe terma jamoa safidagi 99-uchrashuvida o'zining 57 va 58-gollarini kiritdi. U uchrashuvning 66 va 90+6-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi. Olive Jiru hisobida esa milliy terma jamoa safida o'tkazilgan 137 ta o'yinda 57 ta gol mavjud.

«I» guruhining 2-turida Frantsiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to'qnash keladi.