Mbappe Frantsiya terma jamoasi murabbiyi o'zgarishi haqida gapirdi

2026 yilgi Jahon chempionatidan so'ng Dide Desham Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etadi. Deyarli besh yildan beri murabbiylik qilmayotgan Zinedin Zidan «uch ranglilar»ning yangi ustoziga aylanishi haqida gap-so'zlar yuribdi. Frantsiya terma jamoasining yulduzli hujumchisi Kilian Mbappe ushbu mavzuda o'z fikrini bildirdi.
«Prezident va federatsiya — muddatlarni nazorat qiluvchi organlardir. Yangi murabbiyning ismi qachon e'lon qilinishini ular hal qilishadi. U kim bo'lishini vaqt ko'rsatadi, men bilmayman (kulimsirab)», — deya Mbappening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda The Touchline.
Dide Desham Frantsiya terma jamoasini 2012 yilning iyul oyida boshqarishni boshlagan edi. 2018 yilda «uch ranglilar» Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida g'olib chiqishgan.