Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmadi. Bu haqda tuttomercatoweb jurnalistlari xabar bermoqda.

Dide Desham shogirdlari JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikni boshlab yubordi. Kilian Ispaniya La Ligasining so'nggi turida "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (3:1) olgan jarohati tufayli mashg'ulotlarni o'tkazib yubordi.

Frantsiya terma jamoasi saralash bosqichidagi navbatdagi baxsni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. JCh-2026 saralash uchrashuvi 10 oktyabr, juma kuniga belgilangan.