Juma kuni bo'lib o'tgan JCh-2026 saralashida Frantsiya terma jamoasi Ukrainani 2:0 hisobida mag'lub etdi. Dide Desham jamoasi tarkibida gollarga Maykl Olise va Kilian Mbappe mualliflik qildi.

Hozirda Mbappe hisobida Frantsiya terma jamoasi safida 51 ta gol bor. Jamoa tarixidagi to'purarlar reytingida Kilian Terri Anriga ikkinchi o'rinda etib oldi. Frantsiya terma jamoasi safida faqat Olive Jiru ko'proq gol urgan - u 57 ta gol kiritgan.

Xabaringiz bor, klublar miqyosida Kilian Mbappe "Real" sharafini himoya qiladi.

Frantsiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 9 sentyabr, seshanba kuni o'z maydonida Islandiyaga qarshi o'tkazadi.