Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida Krishtianu Ronaldudan keyin 10+ gol urgan "Real"ning ilk futbolchisiga aylandi.

Hujumchi "Monako"ga qarshi o'yinda dubl muallifi bo'ldi.

"Real" safida EChLning bir mavsumida atigi to'rt kishi 10+ gol urgan: Mbappe, Ronaldu (7 marta), Karim Benzema va Raul.

Mbappe faoliyatida ilk bor ushbu turnirda gollar soni bo'yicha ikki xonali ko'rsatkichga erishdi.