Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi o'yinida ilk bor 4 ta gol urdi.

"Real" forvardi 22, 24, 29 va 59-daqiqalarda "Olimpiakos" darvozasini ishg'ol qildi.

Frantsiyalik futbolchi faoliyatida to'rtinchi marta bitta o'yinda to'rtta gol urdi. 2023 yilda u Frantsiya kubogida "PSJ" safida "Pey-de-Kassel"ga besh marta gol urgan, 2021 yilda Frantsiyaning Qozog'iston bilan Jahon chempionati saralash o'yinida poker qayd etgan, 2018 yilda esa Parij klubi safida Liga 1da "Lion"ga to'rt marta gol urgandi.