Mbappe eng buyuk futbol klubi nomini aytdi

Madridning «Real» klubi safida to'p tepayotgan frantsiyalik hujumchi Killian Mbappe «qirollik klubi»dagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
«Ushbu jamoada o'ynash — Xudoning marhamatidek gap. "Real" safida to'p surar ekansan, sen dunyoning eng buyuk klubi ranglarini himoya qilasan va eng sara o'yinlarda ishtirok etasan. Bu meni juda baxtli qiladi. Bu erda mening o'yinim yanada yaxshilandi», — deya hujumchining so'zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni, 15 aprel (Toshkent vaqti bilan 16 aprelga o'tar kechasi) kuni Madrid grandi EChL chorak finali doirasida safarda Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi javob o'yinini o'tkazadi.