Mbappe emas: Xorijdagi eng yaxshi frantsuz futbolchisi aniqlandi

Dushanba oqshomida Frantsiya Milliy professional futbolchilar ittifoqi (UNFP) talqiniga ko'ra yil laureatlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda.
Xorijda to'p surayotgan eng yaxshi frantsuz futbolchisi sovrinini «Bavariya» vingeri Maykl Olise qo'lga kiritdi. O'tgan yili ushbu mukofot «Real» a'zosi Kilian Mbappega nasib etgan edi. Shuningdek, «PSJ» hujumchisi Dezire Due ketma-ket ikkinchi yil Liga 1ning «Eng yaxshi yosh futbolchisi» deb topilganini ta'kidlab o'tish joiz.
«PSJ» yaqinlashib kelayotgan chorshanba, 13 may kuni Frantsiya chempionati doirasida «Lans» mehmoni bo'ladi. Luis Enrike shogirdlariga chempionlikni rasmiylashtirish uchun ushbu bahsda mag'lub bo'lmaslikning o'zi kifoya qiladi.