Kilian Mbappe Chempionlar Ligasida xet-triklar soni bo'yicha Karim Benzemaga etib oldi.

"Real" hujumchisi musobaqa umumiy bosqichining 2-turida (5:0) "Qayrat" darvozasiga uchta to'p kiritdi.

Bu frantsiyalik futbolchining ushbu musobaqadagi to'rtinchi xet-triki bo'ldi. U bu ko'rsatkich bo'yicha Karim Benzemaga etib oldi va faqat Robert Levandovski (6 ta xet-trik), Krishtianu Ronaldu va Lionel Messidan (8 tadan) ortda qolmoqda.