Kilian Mbappe Chempionlar ligasi to'purarlar poygasida birinchi o'ringa chiqib oldi.

"Real" forvardi "Olimpiakos"ga qarshi o'yinda (4:3) 7 daqiqada xet-trik qayd etdi.

Futbolchi EChLning 5 ta o'yinida jami 9 ta gol urgan. Mbappe Viktor Osimxen (6ta gol), Xarri Keyn (5) va Erling Xolandni (5) ortda qoldirdi.