Mbappe Desham haqida: «U uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz»

Frantsiyalik hujumchi Kilian Mbappe jahon chempionatining uchinchi o'rin uchun kechadigan bo'lajak bahsi haqida fikr bildirdi. Frantsiyaning raqibi Angliya bo'ladi, avvalroq frantsuzlar yarim finalda Ispaniyaga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan edi.
Mbappe Frantsiya bosh murabbiyi Dide Desham haqida iliq fikrlarni bildirdi.
«Didening frantsuz xalqi uchun qanchalik muhimligi borasida hech narsa o'zgarmadi. Murabbiy sifatida ham, futbolchi sifatida ham u ajoyib tarix yozdi. Uning oldida yana bitta o'yin qoldi. Biz u uchun eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz, chunki u bunga loyiq. Shuningdek, muxlislarimiz ham bu turnirda g'alaba va uchinchi o'rinni qo'lga kiritishimizga loyiq», — deya Mbappedan iqtibos keltiradi Yahoo Sports.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar