Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe terma jamoa bosh murabbiyi Dide Desham haqida fikr bildirdi.

"U frantsuz futbolining haqiqiy yodgorligi. Futbolchi va murabbiy sifatida u o'z nomini Frantsiya terma jamoasi tarixiga muhrladi. Uning faoliyati haqida gapirishning o'zi kifoya," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi RMC Sport.

O'yinchi sifatida Desham Frantsiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida o'ynagan. U terma jamoa safida 103 ta o'yin o'tkazib, to'rtta gol urgan va 13 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 1998 yilda Desham jahon chempioni bo'ldi.