Frantsiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Usmon Dembele bilan o'rtasidagi munosabatlar haqida gapirib berdi. Frantsiya milliy jamoasi sardori «PSJ» yulduzi bilan kelishmovchiliklar borligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

«Dembele bilan munosabatlarimiz biroz o'zgarganida yomon bo'lmasdi. Hozircha esa hammasi o'sha-o'sha — eski qadrdonlardek hazil-huzul va suhbatlar. Biz bir-birimizni 13 yoshimizdan beri bilamiz, har kuni telefonda gaplashamiz. Minglab umumiy chatlarimiz bor. Birgalikda juda ko'p narsalarni boshdan kechirdik. U bilan birga ushbu Jahon chempionatida g'olib chiqishni juda ham xohlayman», — deya Mbappening so'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

JCh-2026 guruh bosqichida Frantsiya terma jamoasi Senegal, Iroq va Norvegiya bilan bir guruhdan joy olgan.