Kilian Mbappe Chempionlar ligasi rekordchisiga aylandi.

"Real" hujumchisi "Benfika" bilan o'yinda dubl qayd etdi. Bu uning joriy mavsumdagi 12 va 13-gollari bo'ldi.

Frantsiyalik futbolchi musobaqa tarixida EChLning umumiy yoki guruh bosqichida 11tadan ko'p gol urgan ilk futbolchiga aylandi. U Krishtianu Ronalduni (11) ortda qoldirdi.