"Real Madrid" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bu mavsumda Germaniya chempioni kim bo'lishini allaqachon biladi.

Nemis jurnalistlari frantsiyalik futbolchidan Bundesliga haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashish va navbatdagi chempion nomini aytishni so'rashdi.

Forvardning javobi hech kimni ajablantirmasa kerak. "Hammasi oddiy - "Bavariya". Bundesliga - "Bavariya" demakdir. Kim chempion bo'lishi aniq", - deb javob berdi futbolchi.