Mbappe: "Bugungi golimni unga bag'ishladim"

"Real" va Frantsiya milliy terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe o'zi urgan gollarni nishonlash usuli yo'qligini tan oldi.
"Sevilya"ga qarshi o'yinda frantsiyalik hujumchi golni Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi. Keyinchalik u portugaliyalik futbolchi unga ilhom berganini, shuning uchun buni minnatdorchilik sifatida qilganini tushuntirdi.
"Mening o'zimga xos nishonlash uslubim yo'q, shuning uchun bugungi nishonlashni unga bag'ishladim," - deb futbolchining so'zlarini keltiradi Fabritsio Romano.
2025/2026 yilgi mavsumda Mbappe barcha klub musobaqalarida 26 ta o'yinda ishtirok etib, 29 ta gol urdi va beshta golli uzatma bajardi.