Mbappe: "Bir mavsumda 60 ta o'yin o'tkazish qiyin"

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe tig'iz futbol taqvimi haqida gapirdi.
"Biz 60 o'yindan iborat mavsumni o'tkazishga tayyormizmi yoki yo'qmi, bilmayman. Hech kim 60 o'yinlik mavsumni yuqori saviyada o'tkazganini eslay olmayman. Men eng yaxshi o'yinchilarni ko'rganman, lekin 60 o'yin davomida hech kimni eng yaxshi formada ko'rmaganman. Ilgari o'yinlar unchalik ko'p bo'lmagan deb o'ylardim, lekin hozir mening fikrim o'zgardi.
Men shuni aytishim mumkinki, ko'p o'ynaganlarni tushunishga harakat qilaman. Bizga ko'proq dam olish kerak deb o'ylayman", - dedi Mbappe matbuot anjumanida.
5 sentyabr, juma kuni Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Ukrainaga qarshi o'yin o'tkazadi.