Mbappe: "Balki 6 ta gol urarman"

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Olive Jiruning rekordini yangilash va jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish istagi haqidagi savolga javob berdi. Yangi rekord o'rnatish uchun Mbappe terma jamoa safida yana oltita gol urishi kerak.
"O'ylaymanki, men bu rekordni yangilayman, lekin qachon - bilmayman. Balki ertaga, kim biladi? Balki keyinroq. Bu tabiiy ravishda sodir bo'ldi, keyin esa men yangi narsalar haqida o'ylayman", - dedi Mbappe matbuot anjumanida.
10 oktyabr, juma kuni Frantsiya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionati saralashida Ozarbayjonni qabul qiladi.
Olive Jiru o'z vaqtida Frantsiya terma jamoasi safida 57 ta gol urgan. Kilian Mbappe hozirda "uchranglilar" libosida 52 ta golga ega.