Mbappe: "Anrini ortda qoldirishni istayman"

Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasidagi gollari soni bo'yicha Terri Anriga etib oldi. Endi ularda 51 tadan gol bor. "Uch ranglilar" to'purarlari ro'yxatida faqat Olive Jiru yuqoriroq o'rinni egallab turibdi, uning hisobida terma jamoa safida 57 ta gol bor. Ukraina ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:0) Mbappe o'z yutug'iga izoh berdi.
"Titiga respekt! Ammo endi Anrini ortda qoldirishni istayman!" - dedi Mbappe TF1’da kulib.
"Terri Anridek futbolchiga etib olish men uchun katta sharaf. Uning biz, frantsiyalik futbolchilar, ayniqsa, hujumchilar uchun qanday ahamiyatga ega ekanini hamma biladi. Men uni juda hurmat qilaman va unga qoyil qolaman. Bu marraga juda erta erishish aqlga sig'maydi, lekin menga yoqadi. Men shu ruhda davom etishni va birinchi navbatda o'yinlarda g'alaba qozonib, unvonlarni qo'lga kiritishni istayman.
Rekord yaqinlashmoqda, lekin men bu haqda o'ylamayapman. Uni enga olaman deb o'ylaganim uchunmi yoki undan ham muhimroq narsalar borligi uchunmi? Ammo ha, Frantsiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lish - katta jasorat," - deydi Mbappe.