Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh–2026 uchinchi o'rin uchun kechgan Angliyaga qarshi dramatik uchrashuvdagi (4:6) mag'lubiyatdan so'ng bosh murabbiy Dide Deshamga ta'sirli murojaat yo'lladi.

«Bugun sening so'nggi raqsing edi. Sen bizga juda ko'p narsa berding. Biz senga bundan ham yaxshiroq yakun taqdim etishimiz kerak edi, ammo buning uddasidan chiqa olmadik.

14 yil davomida qilgan ishlaringni ta'riflash uchun so'z topish juda qiyin. Chunki sen ushbu jamoaning qayta tiklanishidagi eng asosiy me'morlardan biri bo'lding.

Odamlar har doim ham sening buyukligingni munosib baholay olmadi. Ammo vaqt va tarix barchasini o'z o'rniga qo'yadi», — dedi Mbappe.

Ma'lumot uchun, ushbu uchrashuv Dide Desham uchun Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi o'yin bo'lishi mumkin.

Desham Frantsiya terma jamoasini 2012 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostida frantsuzlar 2018 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqdi, 2022 yilgi mundialda finalgacha etib bordi, Evro–2016 finalchisi bo'ldi hamda 2021 yilda UEFA Millatlar ligasi bosh sovrinini qo'lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz