Mbappe Alonso va Anchelotti o'rtasidagi farq nimada ekanligini aytdi

"Real"ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappe jamoaning amaldagi ustozi Xabi Alonso va "qaymoqranglilar"ning sobiq ustozi Karlo Anchelotti nimasi bilan farq qiladi, degan savolga javob berdi.
"Anchelotti - tarixdagi eng yaxshi murabbiylardan biri. Kiyinish xonasiga quvonch olib kiradigan murabbiy. U har doim futbolchilar yonida, har doim yordam berishga tayyor. Xabi ham yordam berishni juda xohlaydi, lekin u hali yosh murabbiy, u o'zini isbotlashi kerak. Karloga hech narsani isbotlashning hojati yo'q (kuladi)! Xabi ancha yosh va u "Real"da o'zini ko'rsatish va muvaffaqiyatga erishishga intilayotgani ko'rinib turibdi," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Eslatib o'tamiz, Alonso klublar o'rtasidagi jahon chempionati - 2025 oldidan "Real" bosh murabbiyi Anchelotti o'rnini egalladi.