"Real" hujumchisi Kilian Mbappe mavsumdagi 30-golini urdi.

Frantsiyalik futbolchi La Liga 20-turidan o'rin olgan "Levante"ga (2:0) qarshi o'yinning 56-daqiqasida o'zi ishlgan penaltidan foydalandi.

Endilikda Kilianning hisobida barcha musobaqalarda mavsumning 26 o'yinida 30 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.