Mbangula: "Men vaziyatning o'zgarishidan xursandman"

"Yuventus"ning sobiq futbolchisi Samuel Mbangula o'tgan yozda Turinni tark etib, Bundesligani tanladi, hozirda "Verder Bremen"da o'ynaydi. Mbangula vaziyatning o'zgarishidan mamnun va bu foydali bo'lganiga ishonadi.
"O'zgarishlar oson bo'lmagan bo'lsa-da, menimcha, ular men uchun foydali bo'ldi. Men eski klubimda o'zimni foydasiz his qildim, ammo yangi klubda buning aksi. Men o'zimni qadrli va ishonchli his qilyapman. Bu muhim", - deya Mbangulaning so'zlaridan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Bremen hozirda Germaniya ligasi jadvalida to'qqizinchi o'rinda.