Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu bolaligida unga ilhom bag'ishlagan futbolchilar haqida gapirdi. U uchta o'yinchini alohida ajratib ko'rsatdi.

«Ulg'ayayotgan paytlarimda Ronaldinoning o'yinlarini tomosha qilish menga juda yoqardi. Biroz keyinroq esa Zeedorfga havas qila boshladim. Biz u bilan biroz muloqot qilib turamiz. Otam u bilan Evropa chempionatida tanishgan edi», — deya Maynuning so'zlarini keltiradi The Republik of Mancunia.

«Runi bolaligimda men uchun katta kumir bo'lgan. Men endigina faoliyatimni boshlayotgan vaqtlarda u haqiqiy yulduz edi va «Manchester Yunayted» futbolchisi qanday bo'lishi kerakligiga ajoyib namuna bo'lib xizmat qilardi», — deya qo'shimcha qildi Maynu.

Hozirgi vaqtda Maynu o'z milliy terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turibdi. Jamoa JCh-2026 1-turidan o'rin olgan Xorvatiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'yin 17 iyun kuni bo'lib o'tadi.