Maynu nima uchun maydonga kam tushyapti?

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachi Kobbi Maynu haqida fikr bildirdi.
20 yoshli futbolchi bu mavsumda atigi bitta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi - Liga kubogi doirasida "Grimsbi"ga qarshi o'yinda.
"Men Maynu mashg'ulotlarini ko'rdim va u haqiqatan ham o'ynashga loyiq.
Biroq, uni maydonga tushirish uchun men asosiy yarim himoyachilarning birini tarkibdan olib tashlashim kerak bo'ladi, ammo hozir maydondagilar juda yaxshi", dedi Amorim.