«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu Angliya chempionati 35-turining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yakshanba kuni «Manchester Yunayted» o'z maydonida «Liverpul»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Maynu maydonda 90 daqiqa harakat qildi va gol muallifiga aylandi.

Hozirda «Manchester Yunayted» Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo'llanmasini naqd qilgan.