Maykl Ouen o'g'lining og'ir kasalligi haqida gapirib, ko'z yoshlarini tiya olmadi

"Liverpul" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Maykl Ouen o'g'li Jeymsning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar haqida gapirib, ko'z yoshlarini tiya olmaganini tan oldi.
20 yoshli Jeymsga kam uchraydigan irsiy ko'z kasalligi — Shtargardt kasalligi tashxisi qo'yilgan. U ko'rish qobiliyatining bosqichma-bosqich yomonlashishiga olib keladi va hozircha uni to'liq davolash usuli mavjud emas.
"Unga ilk bor tashxis qo'yilganida, mashinada ketayotib uch-to'rt marta to'xtaganimni eslayman. Shunchaki o'tirib, yig'laganman", — dedi Ouen Amazon'ga bergan intervyusida.
Jeymsga Shtargardt kasalligi sakkiz yoshida tashxis qo'yilgan. Kasallik tufayli u professional futbolchi bo'lish orzusidan ham voz kechishga majbur bo'lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar