Maykl Ouen nega Kilian Mbappeni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblashini tushuntirdi

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Maykl Ouenning fikricha, "Qirollik klubi" forvardi Kilian Mbappe hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi.
«Kilian Mbappe — dunyoning eng yaxshi futbolchisi. U istagan raqibni o'z o'yinidan chiqarib qo'yishi mumkin. Unda raqibni noqulay holatga qo'yadigan texnik mahorati, ajoyib birinchi zarbasi, yuqori tezligi va hujumni yakunlay olish qobiliyati bor. Mbappening bir o'zi o'yinlar taqdirini hal eta oladi».
Ouen bu fikrlarni Rio Ferdinandning YouTube-kanalidagi podkastda bildirdi.
Frantsiyalik hujumchi 2024/2025 yilgi mavsum yakuniga ko'ra «Oltin butsa» sovrindoriga aylandi. Mbappe La Ligadagi debyut mavsumida 31 ta gol urdi.
Manba: championat.com