Maykl Olise yangi uy qidirmoqda

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Maykl Olise o'ziga yangi uy qidirmoqda.
Bild nashri ma'lumotlariga ko'ra, ta'tildan so'ng frantsiyalik futbolchi Myunxendan yangi xonadon topishiga to'g'ri keladi. Futbolchi 2024 yilning sentyabr oyidan beri «Bavariya»ning sobiq himoyachisi Jerom Boatengning Gryunvalddagi villasini ijaraga olib yashab kelayotgan edi. Bu villa «Bavariya» stadionidan atigi o'n daqiqalik masofada joylashgan. Villada o'nta xona, fitnes zali, uy kinoteatri, vino erto'lasi hamda jakuzi, sauna va ochiq havzani o'z ichiga olgan sog'lomlashtirish hududi mavjud.
Endilikda Boateng o'zining ushbu hashamatli ko'chmas mulkini sotmoqchi, shu sababli Olise avgust oyi oxirigacha uyni tark etishiga to'g'ri keladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar