Maykl Olise uchun kurashga yana bir top klub qo'shildi

"Bavariya" vingeri Maykl Olise faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Parijning "PSJ" klubi 24 yoshli futbolchi uchun asosiy da'vogarga aylandi.
El Nacional nashrining xabariga ko'ra, "PSJ" klubi Maykl Oliseni o'z safiga qo'shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozirda Parij klubi 24 yoshli futbolchi uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda. Shu yozda parijliklar Olise transferi uchun 120 million evrodan ko'proq mablag' taklif qilishlari mumkin. "PSJ"ning bunday qaroriga klubning Usmon Dembele bilan xayrlashishga tayyorligi sabab bo'lmoqda.
Maykl Olise 2024 yilda "Kristal Pelas"dan "Bavariya"ga 53 million evro evaziga o'tgan edi. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda frantsiyalik futbolchi "Bavariya" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yin o'tkazib, 15 ta gol urdi va 27 ta golli uzatmani amalga oshirdi.