"Bavariya" vingeri Maykl Olise faoliyatini qaerda davom ettirishini aniqlab oldi. Futbolchiga "Chelsi", "Liverpul", "Manchester Yunayted", "Manchester Siti", "Real", "Barselona" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda.

TeamTalk ma'lumotlariga ko'ra, Olise La Ligaga ko'chib o'tish variantini afzal ko'rmoqda. U "Real" va "Barselona" bilan ehtimoliy transferni muhokama qilishga tayyor.

Shu bilan birga, Maykl APLga qaytishni va Frantsiya chempionatiga borishni istamayapti.