Maykl Kerrik va Brunu Fernandesh "Manchester Yunayted"ni tark etadi

"Bornmut" va "Fulxem" klublari 45 yoshli mutaxassisni o'zlarining bo'lajak bosh murabbiyi sifatida ko'rishmoqda. Bu haqda indykaila manbasi X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar bermoqda.
Kerrik "qizil iblislar"ni 2026 yilning yanvar oyidan beri boshqarib kelmoqda. APLning olti turidan so'ng mankunianliklar olti ochko jamg'arib, turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
Fernandesh 2020 yilning yanvar oyidan beri "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida u barcha musobaqalarda 336 ta o'yinda maydonga tushib, 111 ta gol va 109 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Kommentariyalar