Maykl Jordan Pep Gvardiolaga kutilmagan videomurojaat yo'lladi

NBAning olti karra chempioni Maykl Jordan «Manchester Siti»ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun videomurojaat yozib qoldirdi. Ushbu video ispaniyalik murabbiyni kuzatish marosimida namoyish etildi.
«Hey Pep, bu men — Maykl Jordan. Senga mana shunday aql bovar qilmas faoliyat uchun tabrik yo'llamoqchiman. Hordiqdan zavqlan. Golf maydonida omad yor bo'lsin. To'pni doim to'g'ri yo'nalishda ur. Tabriklayman», — dedi 63 yoshli amerikalik afsona.
Gvardiola «Siti» boshqaruvidagi o'n yillik faoliyatidan so'ng jamoani tark etmoqda. U ushbu davr mobaynida jamoa bilan 17 ta nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi.
Hozirda Gvardiola 55 yoshda. U 2016 yilning 1 iyulidan buyon «Siti»da ishlab kelayotgan edi. Bungacha esa «Bavariya» va «Barselona» klublarini boshqargan.