Mayka Richards: "Gvardiola – zamonamizning eng buyuk murabbiyi"

«Manchester Siti» sobiq himoyachisi Mayka Richards Pep Gvardiolaning «shaharliklar» bosh murabbiyligidan ketishi borasida fikr bildirdi.
«Bu «Manchester Siti» qo'rqqan lahza edi. Ammo butun ingliz futboli ham Gvardiolani sog'inadi. U haqiqiy afsona va uning ketayotganidan xafaman – usiz Premer-liga avvalgidek bo'lmaydi.
Pep – biz ko'rgan eng yaxshi murabbiylardan biri. Tarixdagi eng buyugimi? Bunday suhbatlarda Fergyusonga hurmat bajo keltirmaslik qiyin, ammo u boshqa davr edi. Gvardiola shubhasiz zamonamizning eng buyuk murabbiyidir.
Agar ularning har ikkisi yutgan sovrinlarga qarasangiz – bilaman, buni o'qigan har bir kishi «Man Siti» ancha ko'p pul sarflagan deydi va men buni tushunaman – Pep «Barselona» va «Man Siti» bilan trebl qayd etdi, buning o'zi hayratlanarli.
Biroq ular orasidagi asosiy farq shundaki, Fergyuson buyuk menedjer edi, Gvardiola esa – eng buyuk murabbiy. U Angliyada futbolga bo'lgan yondashuvni o'zidan oldingi hech kim qilmagan darajada o'zgartirdi», — deb yozdi Richards.