Angliyalik sobiq futbolchi Mayka Richards «Arsenal» tarkibini kuchaytirish borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Sobiq himoyachining so'zlariga ko'ra, «kanonirlar» chempionlikni qo'lga kiritganiga qaramay, yangi transferlarga muhtoj.

«Men «Arsenal» faqat nomi jarangdor bo'lgani uchungina yulduz futbolchi sotib olishi kerak, deb hisoblamayman. Yangi o'yinchilar Artetaning uslubiga mos kelishi lozim. Chempionlikdan so'ng xotirjamlikka berilmasdan, rivojlanishda davom etish zarur. Menimcha, «Arsenal» «Atletiko»dan Xulian Alvaresni sotib olishi kerak edi. To'g'ri, Dyokereshning yaxshi o'yinlari bo'ldi, Xaverts muhim gollarni urdi, ammo barcha turnirlarda kurashishni davom ettirish uchun yangi darajaga chiqish vaqti keldi. «PSJ» yoki «Manchester Siti» hujum chizig'iga boqishning o'zi kifoya», — deya Richardsning so'zlarini keltirmoqda Angliya OAVlari.

Ma'lumot uchun, yakunlangan Chempionlar ligasi mavsumida Mikel Arteta jamoasi finalgacha etib borib, unda «PSJ»ga mag'lub bo'lgan edi.