Maxachev Della Maddalenani mag'lub etib, UFC'ning ikki karra chempioniga aylandi

Rossiyalik Islom Maxachev UFC 322 musobaqasining markaziy jangida avstraliyalik Jek Della Maddalena ustidan g'alaba qozondi.
Maxachev hakamlar qarori bilan g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn toifasida kamar sohibiga aylandi. U UFC’ning ikki karra chempioniga aylandi - bungacha 34 yoshli Maxachev engil vazn toifasida chempion bo'lgan.
Maxachev MMAdagi 28-g'alabasini qo'lga kiritdi. Unda bitta mag'lubiyat ham bor. Maddalena uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Unda 18 ta g'alaba bor.
Manba: www.stadion.uz.