Evropa ligasi va konferentsiyalar ligasi doirasida 16 aprel kuni chorak final javob uchrashuvlari yakunlandi.

"Bolonya" jamoasi "Aston Villa"ga qarshi ikki o'yin natijasiga ko'ra (1:3, 0:4) mag'lub bo'lib, musobaqani tark etdi.

"Fiorentina" esa "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda (0:3, 2:1) mag'lub bo'lib, yarim finalga chiqa olmadi.

Avvalroq "Atalanta" ham "Bavariya"ga qarshi ikki o'yinda (1:6, 1:4) mag'lub bo'lib, Chempionlar ligasini tark etgan edi.

Shu tariqa, barcha evrokuboklar yarim final bosqichida ilk bor 2018/19 mavsumidagi holat takrorlandi — Italiya klublari uchun xalqaro musobaqalar yakuniga etdi.

Manba: sport24.ru