Mauritsio Sarrining yangi ish joyi ma'lum bo'ldi

Mauritsio Sarri "Atalanta"ga bosh murabbiy bo'ladi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 67 yoshli mutaxassis Bergamo klubi bilan shartnoma shartlarini kelishib oldi. U bosh murabbiylik lavozimida Raffaele Palladinoning o'rnini egallaydi.
Bugun Romano, shuningdek, Sarri ketganidan so'ng "Latsio"ni Italiya terma jamoasining sobiq ustozi Jennaro Gattuzo boshqarishi kerakligini ma'lum qildi.