Mauritsio Sarri "Milan" futbolchisini jamoasida ko'rishni istamoqda

Rimning "Latsio" klubi "Milan"ning angliyalik yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chikka qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiyaning Il Messagero nashri xabar berdi.
Mauritsio Sarri "Chelsi" ustozi bo'lgan vaqtida futbolchi bilan birga ishlagan va uning qobiliyatlarini yuqori baholaydi. Manbaning aniqlik kiritishicha, Loftus-Chikka Italiyaning amaldagi chempioni "Napoli" ham qiziqmoqda. Hozircha ehtimoliy bitimlar tafsilotlari ma'lum qilinmayapti.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2023 yildan buyon hozirgi jamoasida to'p tepib kelmoqda, u Italiyaga Angliya chempionatidan ko'chib o'tgan. Hozirda "Milan" A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, jamoa keyingi turda "Sassuolo" bilan o'ynaydi.