AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yaqin kunlarda o'z kelajagi borasida qaror qabul qilishini ma'lum qildi. Argentinalik mutaxassisning Amerika futbol federatsiyasi bilan tuzgan shartnomasi shu oy oxirida o'z nihoyasiga etadi.

«Biz vaziyatni baholayapmiz va keyin nima bo'lishini kuzatyapmiz. AQSh federatsiyasi menga faoliyatimni davom ettirish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Kelasi hafta qaror qabul qilamiz», — dedi Pochettino Cadena Cope nashriga bergan intervyusida.

«Hozir biz uzoq muddatli rejalarni faol muhokama qilyapmiz va jarayon qanday ketayotganidan mamnunmiz», — deya qayd etdi futbol federatsiyasi vakillaridan biri.

Eslatib o'tamiz, AQSh terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini 1/8 finalda, Belgiyaga qarshi o'yinda mag'lub bo'lish bilan yakunladi.

Manba: Stadion.uz