41 yoshli futbolchi Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasida Daniyaga qarshi bahs (4:2) oldidan Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgandi. OAV xabarlariga ko'ra, hujumchi va Jezush o'rtasida nizo kelib chiqqan, ammo 72 yoshli mutaxassis ular o'rtasida hech qanday tushunmovchilik yo'qligini takidlagan.

"U fantastik, olqishlarga munosib faoliyatni boshdan kechirdi. Futbol uchun shu qadar ko'p ish qildiki, biz undan faqat minnatdor bo'lishimiz mumkin. Balki shu sababli ham uning terma jamoadan ketishi yanada munosibroq tarzda bo'lishi kerak edi. U bunday munosabatga loyiq emasdi.

Nazarimda, muammo shunchaki murabbiy bilan munosabatlar va uni zaxirada qoldirilgani bilangina cheklanib qolmaydi. Menimcha, Ronaldu endilikda jamoadagi sheriklarining ham hurmati va xayrixohligiga ega bo'lolmayapti", – dedi Matteus RTL efirida.