Taniqli sobiq futbolchi Lotar Matteus Xarri Keynning "Bavariya"ni tark etishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

Yaqinda myunxenlik hujumchi Alan Shirerning ligadagi gollar rekordini yangilash uchun APLga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"U har doimgidek zo'r va bu erda avvalgi klublariga qaraganda ko'proq ta'sir o'tkazdi. Xarri Premer-ligadagi ishini bajardi va faoliyatini "Bavariya"da yakunlashi kerak", - deya Matteusning so'zlarini keltiradi Sky Sports.